Kollejda mavjud kafedralar
 
 

Kafedralar ishi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining 2001-yil 23 martdagi 65-sonli buyrug'i-"Kasb-hunar kollejlari kafedralari to'g'risida Nizom"hamda O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 2008-yil 12 sentabrdagi 168-sonli buyrug'i- "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fan kafedrasi to'g'risida namunaviy Nizom "ga asosan tashkil etilgan

           ANIQ FANLAR KAFEDRASI

Aniq fanlar kafedrasida jami 19 nafar o’qituvchi bo’lib , ulardan bir nafari professor uch nafari fan nomzodi, bir nafari oliy toifali , sakkiz nafari birinchi toifali,  olti  nafar mutaxassis o’qituvchilardir. O’quv yili davomida kafedra o’qituvchilari darslarni o’tilishi sifatiga e’tibor berib yangi,pedagogik texnologiyalar asosida dars jarayonlarini olib boradilar. O’quv yili mobaynida 10 ta ochiq dars o’tildi. Kafedra o'qituvchilari tomonidan barcha fanlar bo'yicha Ma'ruza matnlar, Elektron darsliklar, uslubiy qo'llanmalar yaratildi. Kafedrada Fizika laboratoriya xonasi, Kompyuter xonasi va fan xonalari mavjud bo’lib zamon talablari asosida jihozlangan.  

  

     KASBIY FANLAR KAFEDRASI

Kasbiy fanlar kafedrasida 37 nafar pedagog muhandis-pedagoglar faoliyat ko’rsatadi ulardan 3 nafari fan nomzodi,6-nafari oliy toifali,5 nafari  1-toifali,8 nafari 2-toifali,15 nafari mutaxassis o’qituvchilardir.     Kollej o'quvchilarining nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish amaliyoti sifatli va samarali o'tkazilishi uchun har qaysi soha mutaxassisligiga qarab fermer xujaliklari va qo'shma korxonalar bilan shartnomalar tuzilib, shu joylarda o'quv amaliyotlari o'tilishi ta'minlanadi. Polsha granti asosida olingan Tikuv mashinalaridan foydalanib o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi.

         TABIIY FANLAR KAFEDRASI

Tabiiy fanlar kafedrasi hozirgi kunda geografiya , kimyo, biologiya fanlari majmuasi o’z ichiga oladi.   Kafedra mudiri Zafar Murodullayevich  Kafedrada jami 14 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Ulardan olti nafari birinchi toifali to’rt nafari mutaxassis o’qituvchilardir.Kafedra o'qituvchilari tomonidan 14 ta ma'ruza matn, 3 ta uslubiy ishlar talab darajasida yaratildi.  O’zbekiston Respublikasining “Talim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida “gi qonunlari talablari asosida o’rta mahsus, kasb –hunar ta’limi tizimida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda     Milliy dasturda ko’rsatilgan maqsad va vazifalarning mohiyatini har bir o’qituvchi chuqur anglab ,uni amalga oshirishda o’zining munosib o’rnini egallashi kerak .Bu borada yangi pedagogik texnalogiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etish ,yangi avlod darsliklari ,uslubiy majmualar ,o’quv qo’llanmalar yaratish ,yangi labaratoriya  ishlarini yo’lga qo’yish ustida tinimsiz ishlash lozim .o’z o’rnida  bu ishlar kadrlar tayyorlashning sifati bo’lajak mutaxassislarni erkin fikrlovchi shahs etib tarbiyalashda asosiy omildir . 2008-2009 o'quv yilida Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari Qulmurodov Zafar O'roqov O'tkir Qo'ldoshev Fahriddin tayyorlagan talabalar "Barkamol avlod" sport musobaqalarida qatnashib fahirli I-II o'rinlarni oldilar.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

"Ijtimoiy fanlar kafedrasi" 2006-2007 o’quv yilida tashkil etilgan bo’lib 8 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda .Shundan 3 nafari oily toifa ,2 nafari I-toifa ,3 nafari mutaxassis o’qituvchilardir .

           O’quv yili davomida kafedra o’qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalardan dars jarayoniga foydalanilmoqda .

Fan to’garaklari belgilangan tartibda o’tib borildi .Buning nartijasida Davlat va huquq asoslari fanidan I-bosqich talabasi Tursunova Maftuna Sheraliyevna fan olimpiadasining Viloyat bosqichida faxrli o’rinni egallab qaytdi.  Har o’quv yili mobaynida 30-32 ta ochiq dars tashkil etilmoqda. Kafedra o'qituvchilari o'quv dasturiga mos ravishda barchasi ma'ruza matnlar tayyorlagan.Talabalarning   darsdan tashqari ishlariga ham katta  e’tibor berilmoqda.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni hamda buyuk tarixiy ajdodlarimiz Z.M .Bobur, A.Temur kabi shaxslar tavallud topgan kunlariga atab savol-javob kechalari uyushtirilib borilmoqda.                                      

          GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI

 Kafedrada jami 9 nafar o’qituvchi bo’lib,ulardan uch nafari oliy toifali,besh nafari birinchi toifali,bir nafari mutaxassis o’qituvchilardir.Kafedraga oliy toifali rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Erniyozov Xoliq Tursunovich rahbarlik qilib kelmoqda                          

    Kafedra o’qituvchilari interfaol usulda dars mashg’ulotlarni o’tishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar.Kafedra o'qituvchilari tomonidan 9 ta ma'ruza matn, 67 ta dars ishlanmasi, 6 ta loyiha ishi hamda har o'quv yilida 40 ga yaqin ochiq namunaviy darslar tashkil etilmoqda. 2008-2009 o'quv yilida kafedraning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Yodgorova Nilufar hamda nemis tili fani o'ituvchisi Mallayeva Xolida tayyorlagan talabalar Tojiyeva E'tibor va Karimova Dilyayralar fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o'rinni egalladilar

Oliy o'quv yurtlari kafedralari filiali

Kafedra mudiri- fizika fanlari doktori, professor Botir Egamberdiyevch Xayriddinov.  Kollejda oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik 2005-2006-o’quv yilidan boshlangan. 2005-yil 28-avgustda tarkibida aniq fanlardan Fizika ,Matematika, Informatika, ta’biiy fanlardan Kimyo, Biolgiya, kasbiy fanlardan Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, Avtomobillar tuzulishi, chizmachilik fanlari bo'lgan Oliy o'quv yurtlari kafedralari filiali tashkil etildi

Kafedrada 7 nafar pedagog faoliyat ko’rsatadi. Bulardan 1 nafari fan doktori,  4 nafari fan nomzodi. 2 nafari katta o’qituvchi  lavozimlariga ega.Kollejda oliy o’quv yurti kafedra o’qituvchilari hamkorligida uslubiy qo’llanmalar, uclubiy ko’rsatmalar, ma’ruza matnlari , o’quv-laboratoriya ishlanmalari tayyorlandi.

O’quv mashg’ulotlarini interfaol usulda tashkil qilishda hamda yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni o’tishda hamkorlik yaxshi yo’lga qo’yilgan.          

 

 
     
Hosted by uCoz