Kollejda ma’naviyat va ma’rifat bo’limini yillik, oylik ish rejalari yil davomida o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar, yubiliy tadbirlari guruh rahbarlari uchun o’tkazilishi tavsiya etiladigan namunaviy “Ma’naviyat soati” , “Tarbiyaviy soat” rejalari ishlab chiqilib ilmiy pedogogik yig’ilishlarida tasdiqlangan.
Kollej ritual maydonchasiga yangi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i o’rnatilgan. Kollej axborot resurs markazida “15 yoshing muborak ona O’zbekistonim”, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”, “Qarshi shaxri 2700-yoshda ” va shunga o’xshash “Harakatdagi ko’rgazma” kitob javonlari tashkil etilgan.
Sport zal, sport maydonchalari, “Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash” xonalari va kollej oshxonasi qaytadan jihozlandi.
Jismoniy tarbiya bo’limining sog’lomlashtirish borasida amalga oshiriladigan yillik tadbirlar rejasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti ish rejasi, chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash bo’limining ish rejasi ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 17 yilligi munosabati bilan kollej binolari hamda talabalar turar joyi shior va yozuvlar bilan bezatilgan.
Guruh rahbarlari bilan suhbat o’tkazilib o’quv yilida amalga oshirilayotgan lozim bo’lgan tadbirlar rejasi guruh hujjatlarining yuritilishi haqida ma’lumot beriladi.
Kollejda yangi qabul qilingan talabalar bilan suhbat o’tkazilib, ularga kollej ichki tartib qoidalari haqida tushintiriladi. Shu bilan birgalikda kiyinish madaniyati haqida ham to’liq ma’lumot berildi .
Yangi o’quv yilida kollejga qabul qilingan talabalar ro’yxati bilan , Har bir guruh rahbariga o’z guruhi uchun ajratilgan o’quv xonalari topshirildi .
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 17 yilligi munosabati hamda “Bilimlar kuni”munosabati bilan kollejda bayram tadbiri o’tkazilib , barcha guruhlarda “ Mustaqillik” darsi o’tkazildi:
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 17 yilligi hamda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili ” munosabati bilan Kasbi tumanida istiqomat qilayotgan qishloq aholisiga dasturning maqsad va vazifalarini tuahintirilish , uni amalga oshirish, qishloqni rivojlantirish obodonlashtirish va uning qiyofasini sifatli o’zgartirish bo’yicha dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni keng ommaga etkazish ishlari amalga oshiriladi.
1-oktiyabr “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan kollej o’qituvchilarning 25 nafari kollej direktori tomonidan fahriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Kollej hududlarini obodonlashtirish ishlarini bajarishda barcha quruhlar o’zlariga ajratib berilgan er uchastkalarida faol mehnat qilishadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat bayrogi qabul qilinganligining 17-yilligi munosabati bilan “Davlatimiz ramziga extirom ” nomli tadbir o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 17-yilligi munosabati bilan kollejda “Konstitutsiyamiz baxtimiz qomusi, Qomusim or nomusum ” mavzularida tadbirlar o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganligining 16yilligi munosabati bilan “Madhiyang muborak ona yurtim mavzusida ” katta tadbir o’tkazildi.
Yangi 2009-yil kirib kelishi munosabati bilan kollej o’quv binosi talabalar turar joyi lozinglar bilan bezash ishlari amalgam oshiriladi. Yangi yil bayram archasini olib kelib bezash ishlari tashkil qilinadi.
“Assalom yangi yil” mavzusida talabalar ichtirokida yangi yil kechasini nishonlan bo’yicha tadbir dasturi va senariysi ishlab chiqilib tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Bayram tadbirida kollej ma'muriyati tomonidan kollej o’qituvchi va talabalariga yangi yil sovg’alari ulashiladi.
Kollej “Rassom bezatuvchi” guruxi talabalari tomonidan devoriy ko’rgazmalar tashkil qilindi kollej o’quv binosi talabalar turar joyi bayramona ruhda bezatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tashkil topganligining 17-yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar vatan himoyachilari kuni munosabati bilan kollej oquv binosi va talabalar turar joyi lozinglar bilan beztilib “O’zbegim og’lonlari ” mavzusida katta tadbir o’tkaziladi.
Tadbirda ishtirok etgan talaba o’quvchilarga kollej ma’muriyati tomonidan estalik sovg’alari topshirildi.
Viloyat hokimligi qaroriga asosan o’tkazilgan umum xalq xasharida kollej pedag’lari va talabalari tomonidan 1000 dona archa va 700 dona mevali daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Bundan tashkari kollej xududida 200 dona manzarali ko’chatlar va 75 dona atr gul nehollari o’tkazildi.
2009-yil uchun Respublika va mahalliy oynoma-ro’znomalar uchun obuna jadal suratlar bilan amalgam oshirildi 55 nomdagi aynoma va ro’jnomalarga obuna bo’lish ishlari amalgam oshirildi .
Kollej faollar zalida 1-dekabir “Xalkaro OITSga qarshi kurash kuni” munasabati bilan “OITS- XXI-asr vabosi” mavzusida tadbir o’tkazildi . Tadbirda teri tanosil kasalliklariga qarshi
qurash bo’limi shifokori R. Tayloqov “OITS va unga qarshi qurash” , “Teri tanasul” kasalliklarini oldini olish mavzularida maruza qildi. Tadbida talabalarni qizikdirgan savollarga to’laqonli javoblar qaytarildi.
Kollej faollar zalida «Diniy ekstremizmning paydo bo’lishi va jamiyat uchun xavfi »
mavzusida tadbir o’tkfzildi.
Sheriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 568-yilligiga bag’ishlangan «G’azal mulkining Sultoni » mavzusida adabiy-badiiy musiqali kecha o’tkazildi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlar sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 526-yilligiga bag’ishlab hafta davomida ochiq darslar, devoriy gazetalar va Kasbi tumanida yashab ijod qilayotgan shoir va ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. “So’z sehri sultonlari” mavzusida katta bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bunda kollejning ikkinchi uchunchi bosqich talabalari o’zaro bellashdilar. G’olib bo’lgan jamoalarga kollej ishlab chiqarish hisobidan moddiy va ma’naviy rag’batlantirildi .
2009-yil 8-Mart kuni Halqoro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Istiqlol malikalari”
“Sanamlar sarvari” ko’rik tanlovi , “Assalom bahor ” badiiy kecgalari o’tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan qizlar Kollejimiz hamda xomiylar tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan
taqdirlandilar. 2009-yil 12-Mart kuni kollej faolllar zalida QDU o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Sog’lom turmush tarzi ” mavzusida ilmiy-amaliy semenar bo’lib o’tdi. Semenarda QDU fiziologiya fakulteti mudiri SH. Qurbonov , ekologiya kafedrasi mudiri prof. Tilobov. Viloyat kamolot YIH raisi I. Abrorob, O’MKHTB bosh mutaxassisi
G. Kenjayev, mahalla raislari , maktab direktorlari , kollej o’qituvchilari va o’quvdchilari ishtirok etdilar.
Kollejimiz hovlisida umumxalq “Navro’z ” bayrami munosabati bilan, bayram tadbiri
o’tkazildi. Tadbirda talabalar tomonidan bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxon tashkil qilindi. Tadbirda koll;ej direktori kirish so’zi bilan ochib, barchani bayram bilan tabrikladi. Kollej jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalar kollejimiz hamda homiylar tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Kollejimiz direktori tashabbusi bilan bahor taomi bo’lmish sumalak tayyorlanib, talabalar va o’qituvchilarga tarqatildi.
Sohibqiron Amir Temur bobmiz tavalludini 673 yilligi munosabati bilan kollejda “Biz sohibqiron avlodlarimiz” deb nomlangan badiiy kechasini o’takazildi . Kechada Sohibqiron bobmizga xos bunyodkorlik ishlari bugungi kunda yurtboshimiz rahbarligida keng ko’lamda amalgam oshirilayotgan ishlar sahna ko’rinishlar orqali namoyish etildi .
9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan kollej hududidagi qishloqlarda yashaydigan 17 – nafar vatan urushi qatnashchilari va faxriylarga kollej ma’muriyati tomonidan 1-piyola choy tashkil qilinib ularga esdalik sovg’alar topshirildi .
Kollejda “Bu aziz vatan barchamizniki” nomli tadbir o’tkazildi .Tadbirda kollej hududidagi Maymanoq , Qatag’on , Mesit , Oqjangal , Komilon qishloqlari maktab o’quvchilari , o’qituvchi va rahbarlari , Kasbi tumani Xalq ta’limi bo’limi tuman xokimligi , mahallalar bilan hamkorlikda tashkil etildi . Tadbirda jarayonida boquvchisini yo’qotgan , kam ta’minlangan oila farzandlariga esdalik sovg’alari topshirildi .
Kollej talabalar turar joyida talabalar bilan “Ogohlik davr talabi ” , “Giyohvandlik asr vabosi" “Diniy aqidaparastlik” , “Xizbut - tahrir” kabi oqimlarning yoshlarga ta’siri mavzusidagi davra suhbatlari tashkil qilinib boriladi .
Kollej faollar zalida “O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi” mavzusidagi mafkuraviy muloqotlar o’tkazildi . Tadbirda kollejning talaba yoshlari , mahalla faollari , maktab o’qituvchilari ishtirok etishdi .
Kollejda diplom topshirish marosimlari har yili ko’tarinki ruhda o’tkaziladi . Har tomonlama kamol topgan jamitda turmushda moslashgan ta’lim muassasasini tamomlagan kichik mutaxassislarga burch ma’suliyati , faxr tuyg’usini uyg’otish mustaqil hayot, shaxsning ijtimoiy hayotdagi o’rni haqida tushunchalarni xis ettirish , shuningdek birinchi , ikkinchi bosqich talabalariga an’anaviy davom ettirishga rag’bat xissini shakllantirish diplom topshirish marosimining asosiy vazifalarini tashkil etadi .
|