Mamlakatimizda mustaqillik qo’lga kiritilgach, o’tgan qisqa davr ichida asrlarga tatigulik ulkan ishlar va o’zgarishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalarda o’tkazilayotgan islohatlar kabi, mustaqil yurtimizda ta’lim islohatlariga katta e’tibor berilib,davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Yoshlarni har jihatdan bilimli, komil inson qilib tarbiyalash bo’yicha bir qator farmon, qaror va qonunlar qabul qilinib, hayotga tadbiq qilinib borilmoqda.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Tamoman yangicha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi joriy etildi.
Yangi turdagi, jahon talablariga javob beradigan o’quv yurtlaridan biri “Maymanoq” xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998yil 13-maydagi “O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 204-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktabrdagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o’tishni ta’minlashga doir qo’shimcha chora –tadbirlar to’g’risida”gi 473-sonli qarori, viloyat hokimligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2004 yil 4 sentabr №302/9 sonli qarori asosida 900/100 o’quv o’riniga mo’ljallangan "Maymanoq" xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji" yangi qurilish hisobidan tashkil etilgan.
Kollej Ustavi 2004 yil 30 noyabrda Kasbi tuman hokimining № Х-480/11 sonli qarori bilan tasdiqlangan va ro’yxatga olingan.
Kollejda 46 ta darsxona, 1 ta ustaxona, 3 ta laboratoriya, 180 o’rinli majlislar zali,
100 o’rinli yotoqxona, 18 minga yaqin kitob fondiga ega bo’lgan ARM, 60 o’rinli qiroatxona, 75 o’rinli oshxona, sportzal va sport maydonchalari mavjud.
|